Gvardiola: Agar muammo tug‘dirayotgan bo‘lsam, ketaman!
“Manchester Siti”ni olti karra Angliya chempioniga aylantirgan bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qaysi holatda jamoani tark etishi mumkinligini aytib o‘tdi.
- Agar jamoa uchun muammoga aylanib qolganimni his qilsam, klubdan darrov ketaman. Avval “Barselona” va “Bavariya”dan ham xuddi shunday qilganman.
Hozircha esa, hali hammasi tugagani yo‘q, degan tuyg‘u bor. Hali energiyam joyida, futbolchilarim bu mavsumni avvalgisidan yaxshiroq o‘tkazadi degan ishonchim bor, - dedi ispaniyalik murabbiy.
Gvardiola “Barselona”ni 2008-2012 yillar davomida boshqargan. Keyin “Bavariya”ni uch yil muvaffaqiyatli boshqardi. 54 yoshli mutaxassis “Manchester Siti”da 2016 yildan beri ishlayapti va amaldagi shartnomasini 2027 yilning yozigacha uzaytirgan.



Fikrlar