
Gretsiyada o‘zbek derbisi bo‘lib o‘tadi
Gretsiyaning Iraklion shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi "Fyuchers" turniri boshlandi.
Musobaqaning asosiy to‘riga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, ikki tennischimiz Jo‘rabek Karimov va Sergey Fomin ilk davradayoq o‘zaro raqibga aylandi.
Shuningdek, juftlik bahslarida Jo‘rabek va Sergey tandemi ham ishtirok etmoqda. Ular ilk davrada gollandiyalik tennischilar – Glenn Smits va Gay Den Xaer biln kuch sinashadi.
Fikrlar