
Giorgi Mikadze: "Andijon"ga omad tilayman, oldin u erda yashaganman"
“Andijon” – “Sabultaro” (1:2) o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng gruziyaliklar bosh murabbiyi Giorgi Mikadze “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirdi:
“Andijon” juda yaxshi jamoa ekan. Ularni o‘tgan safargi TsSKA bilan o‘yinini kuzatgan edik. Tartibli va ishonchli o‘yin ko‘rsatar ekan.
Bu o‘rtoqlik o‘yinlaridagi g‘alaba yoki durang hech nimani hal qilmaydi. O‘yin yaxshi o‘tdi. “Andijon”ga chempionatda omad tilayman. Sababi, oldin men u erda yashaganman, ajoyib xotiralar qolgan, yaxshi tilaklarim faqat “Andijon” uchun.
Ha, “UzDongJu”da o‘sha paytdagi jamoadoshim Elyor Rahmatullaev bilan ko‘rishdim, bundan men juda xursandman”, - dedi Mikadze klub matbuot xizmatiga.
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar