Gilbert Byorns hamda Hamzat Chimaev o‘rtasidagi to‘qnashuvda kim g‘alaba qozonadi?

  • 4 aprel, 2022, 13:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO
10 aprel tongida MMA ixlosmandlarining katta qiziqishiga sabab bo‘layotgan "UFC 273" turniri start oladi. Ma’lumki, kard ajoyib ko‘rinish olgan.  Ular orasida asosiy kard janglari sarasiga kiruvchi  yarim  og‘ir  vazn (77,1 kg) toifasi vakillari Gilbert  Byorns hamda Hamzat Chimaevlar to‘qnashuvi ham butun MMA olamini qiziqishiga  sabab bo‘lmoqda.Chunki Hamzat hali bunday jiddiy raqibga duch kelmagan va bu u uchun xaqiqiy sinov!
Biz esa an’anaga muvofiq, o‘zbek yakkakurash olami vakillarining ushbu jang borasidagi fikrlariga qiziqdik.
 
Nozimjon To‘ychiev - O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi, Andijon viloyati mutasadddisi
 
- Bu jang muddatidan avval o‘z yakuniga etadi, deb o‘ylayman. Chunki Hamzat Chimaevning imkoniyati juda yuqori va uzog‘i bilan 2-raundda g‘alabaga erishadi. 
Nozim
 
Jahongir Qoraboev- murabbiy
 
- Bu qarama-qarshilikda yaqqol favorit Chimaev deb o‘ylayman.  Unda MMA jangchisiga xos bo‘lgan barcha xislatlar bor.  Raqibiga nisbatan kuchli jihatlari ko‘p.  Jang to‘liq davom etadi, degan fikrdan yiroqman va Chimaev har doimgidek uzog‘i bilan 2-raundda g‘alabani naqd qiladi. 
Jahongir
 
Timur Muhammedjonov- murabbiy, referi
 
- To‘g‘risi, Chimaevga muxlislik qilaman. Biroq, Byorns ham oddiy jangchi emas. U Chimaevga jiddiy qarshilik ko‘rsata oladi.Ammo, baribir Chimaev nafaqat bu jangda balki, ushbu divizionning xaqiqiy etakchilaridan biri, deb o‘ylayman. U Habib Nurmagomedov kabi chempion bo‘la oladi. 
Timur
 
Bekzod Jiyanov-murabbiy
 
- Biz Hamzatga har qanday raqib duch kelsa ham muxlislik qilamiz. Bu jangda ham Chimaev qiyinchiliksiz g‘alaba qozonadi. Bu jangchi noyob iqtidor egasi va u har qanday raqibga qarshi muvaffaqiyatli jang qila oladi. 
Bekzod
 
Dilshod Niyozov- murabbiy, menejer
 
- Hamzat Chimaevni g‘alaba qozonishiga shubha qilmayapman. Chunki u o‘ziga yarasha kuchga ega, kurashi aqlbovar qilmas darajada kuchli va u bu jangda ham muddatidan avval g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman. Yana kim biladi, deysiz, barchasi Allohdan!
Dilshod
 
Dilshod Mirzaev- murabbiy
 
- Bu jang juda qiziqarli bo‘lishi aniq.  Chunki Byorns sobiq da’vogar,  chempionlik jangida ham ishtirok etgan. Tajribasi ham yuqori.  Ammo, Chimaev bu haqiqiy kashfiyot! Uning salohiyati yuqori va u bu to‘qnashuvda etakchi.  O‘ylaymanki,  Chimaev muddatidan avval g‘alaba qozonadi.   
Dilshod Mirzayev
 
Qobilbek To‘laboev - muaytaychi
 
- Bu jangda Hamzat Chimaev qiyinchiliksiz g‘alaba qozonadi.  Chunki uni raqibiga nisbatan kuchli jihatlari ko‘p. Kurashi bilan Byornsga imkon qoldirmaydi. To‘g‘ri,  Byorns ham kuchli jangchi.  Lekin Chimaevni mag‘lub eta oladigan darajada emas.  Imkoniyatlarni 70/30 degan bo‘lardim.
Qobilbek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!