
"Geym, set, match" yoxud "Bavariya" "Maynts"ni ayab o‘tirmadi
"Alyants-Arena" stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 6:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Dastavval 6-daqiqada Jan-Pol Byotyu mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, myunxenliklar safida Benjamin Pavar, David Alaba, Ivan Perishich, Kingsli Koman, Robert Levandovski va Alfonso Devislar javob qaytarishdi.
Shu tariqa, Niko Kovach shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 7 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Birorta ochkoga ega bo‘lmagan "Maynts" esa so‘nggi pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar