
Gavi “Barselona”dan norozi
“Barselona” yarim himoyachisi Pablo Gavi kataloniya klubidagi o‘yin amaliyotidan norozi. Bu haqida insayder Xavi Migel xabar bermoqda.
Insayderning aytishicha, 20 yoshli Gavi ko‘proq o‘ynashni xohlaydi. Lekin, klubning shifokorlari jamoa bosh murabbiyi Xans-Ditter Flikga futbolchini ko‘p o‘ynatmaslikni tavsiya qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, Gavi xochsimon paylaridan jarohat olgach, shu yilning oktyabr oyida safga qaytdi. Shu kungacha xavbek 6 ta o‘yinda zahiradan maydonga tushdi.
Fikrlar