
Gandbol. "Mustaqillik kubogi" OKMKga nasib etdi
Xabar berganimizdek, 12-18 sentyabr kunlari Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida gandbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 31-bor tashkil etilgan an’anaviy “Mustaqillik kubogi” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqada Rossiya va Qozog‘iston davlatlaridan ham jamoalar ishtirok etishdi va bu o‘z o‘rnida uchrashuvlarning qizg‘in kechishini ta’minladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston gandbol federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur turnirning erkaklar o‘rtasidagi bahslari g‘olibligi ham Toshkent viloyatining OKMK jamoasiga nasib etdi. Andijon viloyatining “Savay” jamoasi esa 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universituti jamoasi kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Eslatib o‘tamiz, 5-11 sentyabr kunlari mazkur musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahslari ham bo‘lib o‘tgan edi. Unda final uchrashuvida Samarqand viloyati jamoasini 44:33 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan OKMK (Toshkent viloyati) jamoasi chempionlikni tantana qilgan bo‘lsa, 3-o‘rinni “Turon” (Qozog‘iston, Turkiston) jamoasi egallagan edi.
Fikrlar