FOTO. Yaxshiboevning jamoasi o‘ynaydigan stadion qay ahvolda?
Ertaga Belarus chempionatida 9-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi Molodechno shahridagi "Gorodskoy" stadionida "Dinamo" Brest jamoasini qabul qiladi. Ushbu stadion direktori Viktor Ivashenko mazkur bahsga tayyorgarlik xususida intervyu berdi.

"Energetik-BGU" nima sababdan uy uchrashuvlarini boshqa stadionda o‘tkazmoqda?
"Oliy divizion o‘yinlariga tayyorgarlik "Molodechno" o‘ynaydigan Ikkinchi liga uchrashuvlarinikidan farq qiladi. Masalan, matbuot anjumani uchun joy ajratish kerak. Reklama bannerlari keltiriladi va ularni o‘rnatamiz. Oliy liga logotipi mavjud bo‘lgan maxsus arka ham keltiriladi. Zaxira o‘rindiqlari soni 16 ta bo‘lishi kerak. Bizda esa 13 ta o‘rindiq mavjud.

Umuman olganda, Molodechno shahri uchun Oliy liga bahslari bo‘lishi katta sharaf va stadion uchun foyda. Shu bois, maydonga maxsus chiziqlar chizyapmiz, momaqaymoqlarni tozalayapmiz", - dedi Ivashenko.



Fikrlar