"Football-Italia": Eldor Shomurodov "Atalanta"ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi!

  • 15 may, 2021, 10:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 37-turida Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi turnir jadvalining 2-pog‘onasida borayotgan "Atalanta"ga qarshi bahs olib boradi. 

Tecno

Italiya sport nashrlari orasida etakchilardan sanaladigan "Football-Italia" sayti ushbu qarama-qarshilik uchun taxminiy tarkiblarini e’lon qildi:

"Jenoa": Perin, Goldaniga, Sapata, Masello, Gilone, Zayts, Rovella, Strootman, Zappakosta, Shomurodov, Destro. 

"Atalanta": Gollini, Jimsiti, Romero, Palomino, Mele, De Roon, Froyler, Gosens, Malinovski, Ilichich, Duvan Sapata. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!