Flik "Oltin to‘p" marosimi haqida: "Bir kuni Yamal ham g‘olib bo‘ladi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yaqinlashib kelayotgan "Oltin to‘p" marosimi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bir kuni Lamin Yamalning ham "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritganini ko‘ramiz. Bizning futbolchilar nomzodlar qatorida va har bir nomzod shu mukofotga munosib.
Biz u erda bo‘lishimiz va g‘oliblarga hurmat ifoda etishimiz shart – bu zarur", – deya ta’rif berib o‘tdi kataloniyaliklar mutaxassisi.
Eslatib o‘tamiz, mukofot topshirish marosimi 22 sentyabr kuni Parijda o‘tkaziladi. Unda "France Football" talqinida yilning eng yaxshi futbolchisi nomi e’lon qilinadi.



Fikrlar