
Flik "Barselona" bilan hali yangi shartnomani imzolamadi
Florian Plettenbergga ko‘ra, "Barselona" va Xans-Diter Flik yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni ilgari surmoqda. Gap shundaki, shartnoma 2027 yilgacha amal qilishi kutilmoqda.
Flik klubda o‘zini juda qulay his qilmoqda va Joan Laporta uning ishidan juda mamnun. Barchasi yangi shartnoma to‘g‘risida kelishuvga kelganini ko‘rsatmoqda.
Ammo shartnomani rasman e’lon qilish, "Barselona"ning trebl uchun kurashib yurganligi sababli, mavsum tugagachga qadar kechikishi mumkin.
Hozirda germaniyalik mutaxassis qo‘l ostidagi kataloniyaliklar Chempionlar ligasining yarim finalida "Inter" bilan kuch sinashadi. Ispaniya kubogida esa Anchelottining "Real"i bilan to‘qnash keladi. Ichki chempionatda esa "ko‘k-anorranglilar" "qirollik klubi"dan 7 ochko oldinda.
Fikrlar