FIFAning firibgarligi fosh bo‘ldi

  • 26 sentabr, 2019, 15:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Sudan terma jamoasi bosh murabbiyi Zdravko Logarushich Nikaragua terma jamoasi sardori Xuan Barreraning ortidan yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda FIFAning firibgarlik qilganini iddao qilmoqda.

Tecno

Logarushichning so‘zlariga ko‘ra u o‘z ro‘yxatida birinchi o‘ringa Muhammad Saloh, ikkinchi o‘ringa Sadio Mane va uchinchi o‘ringa Virjil van Deykni qo‘ygan. Biroq, FIFAning rasmiy hisobotida u "Barselona" forvardi Lionel Messiga ovoz bergani ma’lum bo‘lgan.

U yuqoridagi ayblovi asossiz bo‘lib qolmasligi uchun FIFAga yuborgan xatining suratini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, yakunda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb Lionel Messi topildi. U van Deykdan bor yo‘g‘i 8 ochko ko‘p to‘plagan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jasur Mamataliyev
26/09/2019 20:46
ФИФА шарманда бўлибдику, Месси бу йил жуда яхши ўйнади, Барселонанинг енг мухим бўғини еканлигини исботлади лекин ўша барселона соврин ютмади, Аргентина хам.Ван Дейк енг мухим совринни ютди лекин бу Роналдудан яхши еканлигини исботламайди сабаби Роналду Европа миллатлар кубоги финалида у билан дуелга чиқиб ғолиб бўлганди.Роналду Европа миллатлар кубогида ғалаба қозонди, тўпурар бўлди, ЕЧЛда хам БИР ЎЗИ Ювентусни Атлетико тўсиғидан ўтказди, Аяксга иккала ўйинда хам гол урди ушанда Аяксга Роналду емас Юве ютқазганди. Агар хамма мана шу мухим томонларни хисобга олганда Роналду олиш керак еди Месси 2010 йилда қандай сабабсиз олган бўлса бу йил хам шундай бўлди
&
BBS UZB
26/09/2019 16:05
Bunga ishonsa bo'ladi, laganbardorlar Messi uchun g'irromlik qilishgandir-da
&
Sash
26/09/2019 17:11
Vandiyk yahshi uyinchi. Tetuli ham zur bu yil. Lekin uyin taqdirini hujumchi hal qiladi. Himoyachi emas. Messidan yahshi variant yuq edi va tug'ri qaror.