
FIFA prezidenti Donald Trampni tabrikladi
FIFA prezidenti Janni Infantino Donald Trampni tabrikladi.
"Tabriklaymiz, janob Prezident! Bizni ajoyib jahon chempionati va AQShda ajoyib klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kutib turibdi! Futbol dunyoni birlashtiradi!" - deb yozdi Infantino ijtimoiy tarmoqlarda.
Kelasi yozda AQShda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. 2026 yilning yozida terma jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga esa nafaqat AQSh, balki yana ikki davlat – Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
Fikrlar