"Fenerbaxche" futbolchilariga A Seriya klublaridan takliflar bo‘lyapti

  • 12 avgust, 2020, 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fenerbaxche”ning 2 nafar futbolchisi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, istanbulliklarning forvardi Vedat Muriki uchun “Latsio” o‘z eshiklarini ochmoqda. Rimliklar Kosova terma jamoasi a’zosini qo‘lga kiritish uchun 18 mln evrodan voz kechishga tayyor.

“Fenerbaxche”ning sloveniyalik xavbeki Mixi Zaytsaga esa, A Seriya debyutanti hisoblangan “Benevento” xaridor bo‘lmoqda. Ayni damda tomonlar bu boradagi muzokaralarni davom ettirmoqda.

26 yoshli Muriki o‘tgan mavsum Turkiya chempionatida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 15 ta gol urgan. 26 yoshli Zaytsa esa 10 ta o‘yinda 1 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!