
Fekir BAA chempionatiga ko‘chib o‘tmoqda
2019 yildan beri "Rel Betis"da to‘p tepib kelayotgan Nabil Fekir Evropani tark etishga yaqin turibdi. Uning keyingi manzili BAA chempionati bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lishicha, 7 million evro evaziga "Al-Jazira" uni sotib olishga yaqin turibdi. Futbolchining ham taklifni qabul ehtimoli yuqori.
Eslatib o‘tamiz, 5 yillik faoliyati davomida Fekir "Betis" uchun 165 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 29 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar