
Fayzullaev: "O‘zbekiston Rossiyani mag‘lubiyatga uchratadi"
Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston milliy terma jamoasini hozirda Rossiya terma jamoasidan kuchliroq deb hisobladi.
- O‘zbekistonda hozir futbolchilarning eng kuchli avlodlaridan biri mavjud. Rossiya terma jamoasi ham kuchli tarkibga ega. Bir nechta o‘yinlarni ko‘rdim, garchi ular uncha kuchli bo‘lmagan raqiblarga qarshi bo‘lsa-da, tarkib baquvvat: Golovin va ko‘plab yulduzlar bor.
- O‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozonish imkoniyati qaysi jamoada ko‘proq?
- Men har doim o‘z vatanim tarafidaman. Mening fikrimcha, O‘zbekiston Rossiyani enggan bo‘lardi, - dedi TsSKA va O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi.
Fikrlar