
Farhod Umrzoqov jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Dubayda davom etayotgan para pauerlifting bo‘yicha Jahon chempionatidan navbatdagi xushxabar!
Erkaklar o‘rtasida -97 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Farhod Umrzoqov 232 kg toshni bo‘ysundirgan holda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq yana bir hamyurtimiz Bekzod Jamilov bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar