Faqat Ronaldu va Benzema XXI asrda "Barsa" darvozasiga Mbappedan ko‘proq gol urgan

  • 27 oktabr, 12:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan "El-klasiko"da "Barselona"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvda birinchi golni Kilian Mbappe urdi.

Tecno

Bu frantsuz hujumchisining kataloniyaliklarga qarshi 9 ta o‘yindagi 12-goli bo‘ldi. Uning 6 tasi PSJ safida, yana 6 tasi esa "Real" tarkibida kiritilgan.

XXI asrda "Barselona" darvozasiga Mbappedan ko‘proq faqat ikki futbolchi gol urgan:

— Krishtianu Ronaldu — 34 o‘yinda 20 gol
— Karim Benzema — 46 o‘yinda 16 gol.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!