
Falkao "Monako" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortmoqda
"Monako" forvardi Radamel Falkao klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni xohlamayapti.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra monakoliklar 33 yoshli kolumbiyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishgan, biroq u “Monako”da qolmoqchi emas va rahbariyatdan o‘zini boshqa jamoaga qo‘yib yuborishni so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Falkaoga "Valensiya" va "Galatasaroy" klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar