
Fakt! "So‘g‘diyona" faqat ikki marta "Lokomotiv"ni mag‘lub etgan
Jizzax klubi matbuot xizmati ushbu uchrashuv prevyusini taqdim etdi.
Ushbu mavsumda
Birinchi davra 13-turida “So‘g‘diyona” Toshkentda “Lokomotiv” ga qarshi bahs olib borgan edi. Ushbu uchrashuvning 88-daqiqasida Sardor Mirzaev hisobni ochishga erishgan bo‘lsa 1 daqiqada o‘tgandan so‘ng Jamshid Iskanderov hisobni 2:0 etkazadi. Shu tariqa o‘yinda “temiryo‘lchilar”ning qo‘li baland kelgan.
O‘zaro ustunlik
“So‘g‘diyona” hamda “Lokomotiv” klublari oliy ligada shu kungacha 23 bor kuch sinashishgan.“So‘g‘diyona” hisobida 2 ta, “Lokomotiv” hisobida 17 ta g‘alaba mavjud. Qolgan 4 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik “temiryo‘lchilar” tomonida - 11:56 . “So‘g‘diyona” o‘zaro o‘yinlarda 10 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Lokomotiv ” 55 ochkoni qo‘lga qiritgan.
“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan so‘nggi 6 uchrashuv
24.07.2018 «So‘g‘diyona» – «Lokomotiv» 0:0
12.08.2017 «So‘g‘diyona» – «Lokomotiv» 0:4
10.04.2016 «So‘g‘diyona» – «Lokomotiv» 1:1
03.04.2015 «So‘g‘diyona» – «Lokomotiv» 1:3
23.08.2014 «So‘g‘diyona» – «Lokomotiv» 0:2
20.09.2013 «So‘g‘diyona» – «Lokomotiv» 1:4
O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 10 ta o‘yindan 2 tasida “So‘g‘diyona”, 5 tasida “Lokomotiv” g‘alaba qozongan. 4 ta uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.
O‘yin vaqti va joyi
U-21 Yoshlar birinchiligi bahsi bugun 25 iyul kuni soat 18:00 da “So‘g‘diyona” qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Asosiy tarkib bahsi ertaga 26 iyul kuni soat 20:00 da “So‘g‘diyona” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar