FAKT! AGMK O‘zbekiston kubogi doirasida hali "Nasaf"ga mag‘lub bo‘lmagan. Lekin...

  • 24 noyabr, 2021, 11:13
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston chempionati hamda kubok doirasida 2008 yildan buyon davom etayotgan qarama-qarshilik: AGMK - "Nasaf" to‘qnashuvida 34-bellashuv.

Tecno

Hozirga qadar o‘tkazilgan 33 uchrashuvda olmaliqliklar 7 g‘alaba, 12 durang va 14 mag‘lubiyat qayd etgan. Bu borada ustunlik raqib — "Nasaf" tarafida. To‘plar farqi ham qarshiliklar foydasida: 30-47.

"Nasaf" joriy mavsum Superligada sovrindor bo‘lish uchun AGMKga raqobat qilmoqda. Chempionatda ham yonma-yon ketayotgan va mavsum davomida o‘zaro jiddiy raqobatga kirishgan bu ikki jamoalar endilikda mamlakat kubogi finali yo‘lida Olmaliqda to‘qnashmoqda.

Chempionat sovrindori bo‘lish uchun kurashayotgan jamoalar mavsumni kubok bilan tugatishni ham niyat qilgan. AGMK O‘zbekiston kubogi doirasida hali "Nasaf"ga mag‘lub bo‘lmagan. Lekin qarshiliklar bir marta AGMKni kubok musobaqasidan chiqarib yuborishgandi.

Jamoalar dastlab 2009 yilgi kubokda to‘qnash kelishgan va o‘shanda asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmagach penaltilar seriyasida (6:7) omad "Nasaf"ga kulib boqqan.

AGMK O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan 2018 yili nimchorak finalda "Nasaf"ni dog‘da qoldirib, chorak finalga yo‘llanma olgan va keyinchalik O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangandi.

AGMK va "Nasaf" jamoalarining O‘zbekiston kubogi doirasidagi o‘yinlari:

2009 yil
O‘zbekiston kubogi, 1/8 final.
AGMK - "Nasaf" 1:1 (pen: 6:7)

2018 yil
O‘zbekiston kubogi, 1/8 final.
AGMK - "Nasaf" 2:1
Gollar: Otabek Zokirov (28), Yovan Jokich (30) - Saydullo Rahmatov (74)

2020 yil
O‘zbekiston kubogi, yarim final.
AGMK — «Nasaf» 1:0
Gol: Abdurahimov (16)

AGMK va "Nasaf" jamoalarining O‘zbekiston kubogidagi to‘rtinchi to‘qnashuviga aylanadi. AGMK joriy mavsum O‘zbekiston kubogida dastlab "Neftchi"ni (6:1), keyinchalik "Qizilqum"ni (3:2) musobaqadan chiqarib yubordi. "Nasaf" esa guruh bosqichida «Rubin», «Bunyodkor» va «So‘g‘diyona» bilan tushib, undan muvaffaqiyatli o‘tdi va pley-offda "Metallurg" hamda "So‘g‘diyona" ustidan g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston Kubogi, yarim final.
24 noyabr, chorshanba
AGMK — «Nasaf» (14:30)
Olmaliq, OKMK sport majmuasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
24/11/2021 11:27
AGMK. utkan yil Nasafka tashakkur aytsin. Nasaf uzi 2 urunni olib ayrimla hatosi tufayli Nasaf OCHL uynamadi. keyin. tuzukroq yozingla AGMK taqib qilapti desazla tugri bulardi har qalay Nasaf utkan yil 2 urunni olgan. agar hamma poliya talapka javob berganiga va ayrim bosimla bulmaganiga. Nasaf bemolol. 2 urunni naht qilgan bulardi. yilni boshiga PFL nima devdi. poliya talapka javob bermasa uyin utkazilmovdi devdi. lekin Nasaf pahta dalasiga uyin utkazdi. Nasaf bachalari bilan gaplashsa dardi ichiga.
24/11/2021 12:17
To'ppa to'g'ri aytyapsiz!
O'sha kungi So'g'diyona bilan o'yindqyam polyani ahvoli yaxshimasidi!
Qiziq a?
Bu Pfl ni taqvimlarida asosiy o'yinlar yarim va finallar Toshkent va Toshkent atrofida bo'ladi!
Bunqangi tasodifga ishonmayman!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
24/11/2021 14:23
Jonli eferga qura tashlandi. lekin qura kim shularni sharikchasini borib teksherib kurdi. chunki bittasi sahal ogir qilib quyiladi buldi. qarapsizku usha sharikchalarni ichiga kerakli kamandala tushadi. netral muhlis qatnashi kerak edi.