Fabio Kannavaro: Yoshlar va o‘smirlar jamoalarining o‘yinlarini ham kuzatib boraman. Katta ishtiyoq bilan keldim

  • 6 oktabr, 17:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bugun jurnalistlar ishtirokidagi matbuot anjumanida ishtirok etib, bir qator savollarga javob berdi: 

- O‘zbekiston mundial ishtirokchisi, Italiya esa hali yo‘llanma olmadi. Mamalakatim uchun afsusdaman, futbol faqat Evropada emas, butun dunyoda jumladan, Osiyoda shiddat bilan rivojlanmoqda. Osiyo terma jamoalariming saviyasi oshib borayotgani sabab Italiyaga qarshi o‘yin o‘tkazish qiyin emas. Futbol rahbariyati bolalar futboliga e’tibor qaratgan, tizimli rivojlanish uchun mana shunday Milliy futbol markazi qurildi.

Tecno

- Men 8 yoshimdan beri futboldaman, u men biladigan yagona soha. Umid qilamanki, vaqt o‘tib bundan-da rivojlanamiz.

- Bir oy avval bu erga tashrif buyurdim. O‘shanda hazil tariqasida ishlashga tayyorligimni aytgandim, bu esa amalga oshdi. Albatta, futbolchilarni ham kuzatdim, lekin mashg‘ulotlarda bu yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugun futbolchilarnbilan ko‘rishdik, ular orasida italyanchada so‘zlashadiganlari ham bor. Murabbiy va futbolchilar kommunikatsiyasi juda muhim. Timur Kapadze bilan ham yig‘inga chaqirilgan futbolchilar borasida gaplashdik. Mahalliy mutaxassislar shtabda bo‘lishi tarafdoriman, bu men uchun juda katta yordam beradi. Futbolchilar mentaliteti, mamlakat madaniyatini tez o‘zlashtirish zarur, shu sabab Ravshan Irmatovdan bu haqda o‘zim ham iltimoq qildim.

- Superliga o‘yinlarini ham kuzatib boraman, aytib o‘tganimdek, futbolchilarni maydonda kuzatish eng yaxshi taassurotni beradi.

- Men juda ko‘p chemodan bilan keldim. Maqsadim bu erda ko‘proq bo‘lish, hatto velosipedimni ham olib keldim, uni haydashga vaqtim bo‘ladimi, yo‘qmi, bilmadim. Biroq ko‘proq odamlar orasida bo‘lishni yoqtiraman. Katta ishtiyoq bilan keldim, yoshlar va o‘smirlar jamoalarining o‘yinlarini ham kuzatib boraman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!