
Frantsiya zo‘r futbolchi paydo bo‘ldi
“Renn” futbolchisi Dezire Due faoliyatini grand klublardan birida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
19 yoshli hujumkor futbolchi Frantsiya chempionatining eng zo‘r yosh o‘yinchilaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Le10Sport nashrining ma’lum qilishicha, ayni paytda PSJ, “Arsenal” va “Chelsi” kabi qudratli klublar Dujni o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashmoqda.
Dezire Duening o‘zi “Renn” rahbariyatini muhitni o‘zgartirib, boshqa jamoaga o‘tish istagi haqida xabardor qildi.
Iste’dodli futbolchi bir necha pozitsiyada o‘ynay oladi. Due nafaqat Frantsiya chempionatida, balki Evropaning “top-5” ligalaridagi eng kuchli dribling egasi hisoblanadi.
Universal o‘yinchi yakunlangan mavsumda 67,4 foiz holatda driblingni muvaffaqiyatli ishlata olgan. Bundan tashqari, Due tez yugurish, raqib maydonchasida to‘pga egalik qilish, raqib darvozasiga zarba berish bo‘yicha ham etakchilar qatorida tilga olinmoqda.
Fikrlar