Eshli Yang va Ueyn Runi yana bir jamoada to‘p surishlari mumkin

  • 30 may, 2019, 15:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Eshli Yang faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga qaraganda 33 yoshli angliyalik futbolchiga MLSda ishtirok etuvchi "Di Si Yunayted" klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Ta’kidlash kerakki, ushbu jamoada uning sobiq jamoadoshi Ueyn Runi to‘p surmoqda. Eslatib o‘tamiz, ular o‘z vaqtida Angliya terma jamoasi va MYu safida birga o‘ynashgan.

Ma’lumot uchun, Yang o‘tgan mavsum  “Manchester Yunayted” safida jami 41ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 7 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!