
Ertaga Mavlud Tifiev jiddiy raqibga qarshi jang qiladi. U vazn me’yorini bajara oldi
O‘zbekistonlik professional muaytay, kikboksing va K-1 yo‘nalishida jang olib boruvchi Mavlud Tifiev ham ertaga Ekaterinburgda jang qiladi.
U rossiyalik Salimxon Ibragimovga qarshi professional kikboksing bo‘yicha jang qiladi. Mazkur qarama-qarshilik Ekaterinburgda RCC promousheni tomonidan tashkil etiluvchi “Fair Fight” turniri doirasidan o‘rin olgan. Mazkur jangning ahamiyatli tomoni shundaki, g‘olib Singapurning “One Championship” promousheni bilan shartnomaga ega bo‘ladi.
Bugun ushbu jang avvalidagi vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz 70 kg tosh bosib, vazn me’yorini bajara oldi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jang kechasida yana bir yurtdoshimiz Sher Mamazulunov ham jang qiladi. Muhim janglarda hamyurtlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar