
Eron Pro-ligasining eng qimmat futbolchisi nomi o‘zgarmadi
"Transfermarkt" portali Eron chempionati futbolchilarining narxlarini yangiladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Persepolis" yulduzi Oston O‘runovning narxi o‘zgarmadi - 2.5 million evro. Legionerimiz hali ham Eron Pro-ligasining eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi.
Eron terma jamoasi va "qizillar"ning yana bir vakili Husayn Kanonining narxi esa 200 ming evroga pasaydi. Yana bir etakchimiz Jaloliddin Masharipovning bahosi esa 100 ming evroga yuqorilab, hozirda 1.8 million evroni tashkil qilmoqda.
Quyida top-10lik bilan tanishing:
Fikrlar