Eron matbuoti: Oston O‘runov “Persepolis”ning qutqaruvchisiga aylanmoqda

  • 10 dekabr, 13:57
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron chempionatining 13-turi doirasida “Persepolis” “Paykan”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va turnir jadvalida peshqadam bo‘lib oldi. Uchrashuvdagi yagona golni O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov kiritdi. Eronning Football 360 nashri ham futbolchimiz o‘yiniga alohida e’tibor qaratib, unga bag‘ishlab maqola chop etdi.

Tecno

O‘zbek yulduzidan yana bir 3 ochkolik gol

“Shams Ozar”ga qarshi bahsda jamoasiga hal qiluvchi gol olib bergan O‘runov bu safar ham muhim paytda sahnaga chiqdi. Birinchi bo‘limning o‘zida u Ali Alipurning aniq uzatmasidan so‘ng darvozani ishg‘ol etdi va jamoasiga qimmatli g‘alaba taqdim etdi.

Ostonning “Persepolis” uchun oltinchi g‘alaba goli

Bu gol Ostonning “Persepolis” safidagi oltinchi g‘alaba goli bo‘ldi. Avvalroq u o‘tgan mavsum “Gol Gohar”, “Nasaji” va “Istiqlol Xuziston”ga qarshi o‘yinlarda ham jamoasiga g‘alaba keltirgan edi. Yaqinda esa “Shams Ozar” va “Paykan”ga qarshi bahslarda ketma-ket 3 ochkolik gollarga mualliflik qildi.

Omar qo‘l ostida Ostonning ajoyib o‘yinlari davom etmoqda

O‘zbekistonlik vinger Oston O‘runov bosh murabbiy Omar qo‘l ostida o‘zining eng yaxshi o‘yinlaridan birini namoyish etmoqda. U braziliyalik mutaxassis boshchiligidagi so‘nggi to‘rt o‘yinning barchasida gol yoki golli hujumlarda ishtirok etdi. Hatto jamoaning o‘yini chiqmay qolgan pallalarda ham mas’uliyatni zimmasiga olib, natijaga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!