
Eron bosh murabbiyi yana 7 nafar futbolchini terma jamoaga chaqirdi
Eron terma jamoasining Jahon Chempionati saralashi-2026 doirasidagi Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekistonga qarshi kengaytirilgan tarkibi e’lon qilingan edi.
Dastlab, Amir G‘alenoyi 21 futbolchini yig‘inga taklif qildi. Ushbu tarkib yanada to‘ldirildi va 28 futbolchi tarkibga jalb etildi. Alirreza Beyranvand "Traktor", Hussein Husayni "Istiqlol", Shoja Halilzoda "Traktor", Solix Hardoni "Istiqlol", Ro‘zbex Cheshmi "Istiqlol", Amir Hussein "Traktor" kabi futbolchilar forslar tarkibiga borib qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, forslar 20 martda BAA bilan, 25 martda esa Timur Kapadze boshchiligidagi "oq bo‘rilar" bilan o‘ynaydi.
Fikrlar