
Eron bosh murabbiyi: "O‘yindan oldin Kojodan ehtiyot bo‘lish haqida aytgandim"
Jahon Chempionati-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan Qirg‘iz Respublikasi - Eron uchrashuvi mehmonlar foydasiga 3:2 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvda kiritilgan gollarga Mexdi Taremi, Solih Xardani, Sardor Azmun va Kojo Joel (dubl) mualliflik qilishdi. Bellashuvdan so‘ng forslar ustozi Amir G‘alenoyi matbuot anjumanida qatnashdi.
"Erondan kelgan va bu o‘yin yangiliklarini yoritgan do‘stlarimiz, jurnalistlar va muxlislarga rahmat aytaman. Xudoga shukur, og‘ir kunda natija ko‘rsata oldik. O‘ylaymanki, bu o‘yin hammaga yoqdi. Ikkinchi bo‘limda ikkita xato tufayli gol o‘tkazib yubordik, ammo bizda mavjud bo‘lgan safar sharoitlarini hisobga olsak, darhol o‘yinga qaytgan va gol urib, ko‘plab vaziyatlar yaratgan futbolchilarimizni maqtashimiz ham kerak. Har bir futbolchimga rahmat aytaman. 6 o‘yindan 16 ochko olganimizdan juda xursandmiz.
Himoyadagi xatolar haqida:
Ha, afsuski himoyamizda xatolar ko‘zga tashlanmoqda. Kelasi uch oy ichida ko‘proq o‘yinchilarni kuzatamiz. Bundan buyon ko‘proq vaqtimiz bor va albatta oliy liga murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazamiz. Ko‘p do‘stlar Jahon chempionatiga chiqish oson ekanligini aytishdi, ammo Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Falastin va Koreya kabi boshqa guruhlarda ko‘rayotgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, Osiyoda futbol rivojlanmoqda va Eron terma jamoasi ham oldingi siljimoqda.
Qirg‘iz Respublikasidagi futbol haqida:
O‘tgan yildan beri ancha yaxshilangan Qirg‘iziston jamoasini va ularning yaxshi murabbiyini tabriklayman. Qirg‘iziston futbolga qayg‘uradi. Federatsiyaning bu qayta qurilishi va akademiyaning tashkil etilishi Qirg‘iziston terma jamoasini yaxshi murabbiy bilan juda yaxshi o‘sishga olib keldi.
Biz uy o‘yinlarimizni boshqa mamlakatda o‘tkazishga majbur bo‘lgan bo‘lsak-da, mumkin bo‘lgan 18 ochkodan 16 ochkoni qo‘lga kiritdik. Bu o‘yinda terma jamoaning hujumdagi kuchi yaqqol ko‘rindi, ammo kecha Saman Gaddos maydon o‘rtasida bo‘lmasa, terma jamoaning sifati biroz pasayib ketgandek ko‘rinadi.
Men sizning savolingizga boshqacharoq javob beraman. Ko‘ryapsiz, biz Laosga anchagina uzoq vaqtda bordik. Biz to‘rtta o‘yinni safarda o‘tkazdik; O‘zbekiston, BAA, Koreya va Qirg‘iziston. Boshqa tomondan, biz sovuq havodan keldik. Organizmimizda zarur shart-sharoit yo‘qligi tabiiy, ammo bularning barchasi bilan Toj afandi tinmay mehnat qildi.
Saman Gaddos haqida shuni aytishim kerakki, u terma jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri va maydonda bo‘lishi bizga katta yordam beradi. Umid qilamanki, u tezroq o‘z ahvolini yaxshilab, o‘yinga qaytadi, shunda u mart oyidan bizga yordam bera oladi.
O‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan anjumanida Qirg‘izistonning ettinchi raqamli o‘yinchisi Kojodan juda ehtiyot bo‘lish kerakligi aytilgandi, ammo bugun u ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin davomida himoyamiz bu futbolchini juda, juda yaxshi nazorat qildi. Butun dunyo Messi, Mbappe va Ronalduni qo‘lga kiritishni istaydi, lekin o‘yin davomida ularda ham har xil voqealar sodir bo‘ladi. Futbol bu matematika emas. Har doim ham biz aytgan narsa bo‘lavermaydi.
Fikrlar