
Erik ten Xag transfer barbod bo‘lganidan xursand
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag himoyachi Harri Maguayrning “Vest Xem”ga o‘tib ketmaganidan xursand ekanini aytdi.
- Harri Maguayr biz bilan qolishidan xursandmiz. Bizga yaxshi jamoa kerak. Hozirning o‘zida to‘rt nafar markaziy himoyachimiz bor. Ular qatoriga universal Lyuk Shouni qo‘shsak, beshta bo‘ladi.
Yangi mavsumda 50-60 ta uchrashuv o‘tkazishimizni inobatga olib, ularning barchasiga ehtiyojimiz bor, - dedi Erik ten Xag.
Aslida Maguayr transferi bo‘yicha ikki klub o‘zaro kelishuvga erishgan edi. Biroq, tajribali himoyachi shaxsiy shartnoma masalasida “Vest Xem” bilan bir to‘xtamga kela olmadi.
Fikrlar