Entoni Joshua Olimpiada chempioniga qarshi jang qilishi mumkin

  • 29 iyul, 13:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vaznda ikki karra jahon chempioni Entoni Joshua (28-4, 25 KO) frantsiyalik Toni Yoka (14-3, 11 KO) bilan jang qilishi mumkin. Bu haqda "talkSPORT" nashri xabar bermoqda. 

Tecno

Ayni paytda 33 yoshni qarshilagan Yoka Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiada g‘olibi hisoblanadi.  Frantsuz 2017 yilda professional boksda debyut qilgan. U may oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida rossiyalik Arslan Yallievni hakamlarning yakdil qaror bilan mag‘lub etdi.

Hozirda 35 yosh bo‘lgan Entoni Joshua esa oxirgi bor sentyabr oyida ringga ko‘tarilib, hamyurti Daniel Dyubuadan nokautga uchradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!