
Eng kuchli sambochilar Nukusda kuch sinashadi
Joriy yilning 30 mart – 1 aprel kunlarida Nukusda erkaklar, ayollar o‘rtasida sambo bo‘yicha va jangovar sambo bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limida xizmat ko‘rsatgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sambosi asoschisi Sh.A. Mustafoev sovrini uchun turnir bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan sportchilar ishtirok etishadi.
Ular quyidagi vazn toifalarida kurash olib borishadi:
Erkaklar: 52, 57, 62, 68, 74, 82, 90, 100, +100 kg;
Jangovar sambo: 52, 57, 62, 68, 74, 82, 90, 100, +100 kg;
Ayollar: 48, 52, 56, 60, 64, 68, 72, 80, +80 kg.
Bellashuvlar xalqaro sambo federatsiyasi qoidalari bo‘yicha tashkil qilinadi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga diplom va medallar bilan birga qimmatbaho sovg‘alar ham topshiriladi. 62 va 90 kg vazn toifalarida erkaklar va 48 hamda 68 kg vazn toifalarida g‘olib chiqqan ayollar maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Fikrlar