
Elit chempionlar ligasi. Sharq mintaqasidagi o‘yinda tennischa hisob qayd etildi
Elit chempionlar ligasining 2024/2025 yilgi mavsum sharq mintaqasidagi o‘yinlar ham start oldi. Bundan bir necha daqiqalar ilgari yakuniga etgan "Gvanju" - "Yogokama Marinos" uchrashuvida oz emas, ko‘p emas naqd 10 ta gol kiritildi. Bu har 9 daqiqaga o‘rtacha 1 tadan gol to‘g‘ri keladi degani.
Bellashuvning o‘zida esa, 7:3 hisobi qayd etildi. Unda koreys jamoasi Yaponiyadan kelgan klubni 7 ta gol urib "savaladi". Shuningdek, bellashuvning 78 daqiqasida "Yogokama" futbolchisi qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Fikrlar