Eldor Ronaldu bilan uchrashuvga tayyor!

  • 13 dekabr, 2020, 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun A Seriyaning 11-turida qiziqarli to‘qnashuv yuz beradi. Italiyaning eng yoshi katta klubi “Jenoa” mamlakat futbolining bayroqdori “Yuventus” bilan kuch sinashadi.

Tecno

Favorit nomi ma’lum. Turinliklar autsayderga qarshi bahsga jangovar tarkibni tashlaydi. Bugun “Yuventus”da Merix Demirel va Jorjo Kellini o‘ynamasligi aniq. Krishtianu Ronaldudan tortib, qariya Buffongacha barcha yulduzlar Genuyaga keladi.

Bu uchrashuv qaydnomasidan ham bilib olish mumkin:

Darvozabonlar: Voytsex Shchensniy,  Franko Israel, Janluiji Buffon.

Himoyachilar: Matteys de Ligt, Aleks Sandro, Danilo, Leonardo Bonuchchi, Xuan Kuadrado Radu Dragushin, Djanluka Frabotta.

Yarim himoyachilar:  Artur, Aaron Remzi,  Ueston Makkenni, Adrien Rabo, Federiko Keza, Rodrigo Bentankur, Federiko Bernardeski, Manolo Portanova, Deyan Kulushevski.

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Alvaro Morata, Paulo Dibala,  Kozima-Marko Da Grasa.

“Jenoa” murabbiylari ham ayni paytda uchrashuvga har tomonlama tayyor bo‘lgan futbolchilarni qaydnomaga kiritdi. Ular orasida Eldor Shomurodov ham bor.

GENOA_IG_POST_CONVOCATI-1_1

Kim boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishini o‘yinga yaqin bilib olamiz.

O‘tgan yilgi mavsumda “Yuventus” har ikki bahsda ham genuyaliklarni mag‘lubiyatga uchratgan. G‘alabalarda Krishtianu Ronaldu va Paulo Dibalaning xizmatlari katta bo‘lgan. Biroq, undan oldinga mavsumda turinliklar ikkita uchrashuvda atigi bir ochko olgandi. O‘shanda “Jenoa” Ronaldu gol urgan Turindagi birinchi uchrashuvda mag‘lubiyatdan qutilib qolgan bo‘lsa, o‘z maydonidagi ikkinchi davra o‘yinida 2:0 hisobida zafar quchib, A Seriyada chempiondan to‘rt ochko olgan yagona jamoa bo‘lgan edi.

Joriy mavsumda “Jenoa” koronavirus pandemiyasi va kutilmagan jarohatlarga nishon bo‘layotgani genuyaliklarning  turnir jadvalidagi ahvolini og‘irlashtiryapti. Keyingi uchrashuvlarda jamoa o‘yini kuchayganini namoyish qilayotgan bo‘lsa-da, bugungi bellashuv oldidan ham tarkibdagi muammolardan qutila olgani yo‘q. Jamoaning ikki etakchi darvozaboni – Mattia Perin va Federiko Marketti jarohat olgan. Perin endigina  yakka tartibdagi mashg‘ulotlarga kirishdi.

Shuningdek, Kristian Sapataning o‘ynamasligi aniq. Davide Dzappakosta, Filippo Melegoni, Domeniko Krishito jarohat olgandi va ular xuddi Mattia Perin singari individual mashqlarda qatnashdi xolos.

“Jenoa”ning muammosiz yagona nuqtasi – hujum chizig‘i bo‘lib qolmoqda. Eldor Shomurodov, Janluka Skamakka, Marko Pyatstsa keyingi o‘yinlarni golsiz tark etmayapti.

130781136_4133442746666614_7653077484297640773_o

Genuyaliklar qiyin ahvolda ekaniga qaramay, bugun “Yuventus”ga syurpriz tayyorlashga harakat qiladi. Chunki, jamoa etarli ochkolar jamg‘armasa, bosh murabbiy Rolando Maran kursisidan ayrilib qolishi aniq. Klub rahbariyati unga vaziyatni o‘nglash uchun to‘rtta uchrashuvni o‘z ichiga olgan muddat belgilagan.

Qolaversa, yuqorida keltirganimizdek, “Jenoa”da “Yuventus”dek qudratli raqibni “er tishlatish” bo‘yicha tajriba bor.

Umuman olganda, “Jenoa” uchrashuvga har tomonlama puxta tayyorlangani aytilmoqda. Bugun nafaqat o‘zbekistonlik, balki Markaziy Osiyo va Rossiyadagi futbol muxlislari ham maydonda Eldor Shomurodov va Krishtianu Ronaldu duelini ko‘rishni istamoqda.

Bo‘lajak bellashuv Eldor uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki hamyurtimizning orzular ushalib, kuchli beshlik chempionatlaridan birida to‘p tepmoqda. Endi hujumchimiz nomdor yulduzlarga qarshi o‘ynashga ko‘nikishi va kuchli raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishni ham o‘rganishi kerak.

130720102_4130897003587855_6711544331356022915_o

“Jenoa” – “Yuventus” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

“Men Shomurodovga ishonaman, u asosiy hujumchimiz!”

Ronaldu bilan uchrashuvga tayyorlanayotgan Shomurodov haqida tanqidchilar fikrini o‘zgartiradigan 11 fakt!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
13/12/2020 15:39
Шомуродовни биринчига куймадилами
Дженоани стадионида боладику уйин