EChL. "Napoli"dan durang, "Real Sosedad" esa ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

  • 9 noyabr, 2023, 01:26
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

EChL 4-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Union Berlin" va "Real Sosedad" - "Benfika" uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

"Napoli" - "Union Berlin" bahsida hisobni 39-daqiqada Politano ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada Fofana imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, neapolliklar ochkolari sonini 7 taga etkazib olib, guruhda 2-o‘rinda bormoqda. "Union Berlin" esa 4-pog‘onada turibdi.

"Real Sosedad" - "Benfika" uchrashuvida Merino, Oyarsabal va Barrenechealar o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. 49-daqiqada Silva javob qaytardi. 

Mazkur bahsdan so‘ng ispaniyaliklar 10 ochko bilan guruhida birinchi o‘ringa chiqib oldi. "Benfika" 4-pog‘onada turibdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!