EChL. "Jirona"ni mag‘lubiyatga uchratgan PSV ikkita rekord o‘rnatdi

  • 6 noyabr, 2024, 06:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Nidelandiyaning PSV klubi o‘z maydonida Kataloniyaning "Jirona" klubini qabul qildi va raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritdi.

Shu tariqa PSV ushbu turnirda o‘zining ikkita rekordini o‘rnatdi. Birinchidan, jamoa hech qachon Chempionlar ligasi o‘yinida to‘rtta gol urmagan edi, ikkinchidan, "Jirona" ustidan qozonilgan bu g‘alaba klubning Evropadagi eng yirik g‘alabasiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining navbatdagi, beshinchi turida PSV o‘z maydonida Donetskning "Shaxtyor" klubini qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!