
EChL. Ertaga Mbappening PSJ tarkibidagi so‘nggi uchrashuvi bo‘lishi mumkin
Xabaringiz bor, ertaga Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan PSJ xamda "Borussiya Dortmund" o‘rtasidagi javob uchrashuvi bulib o‘tadi.
"Park de Prens"da bo‘lib o‘tuvchi uchrashuvda finalga yo‘l oluvchi birinchi jamoa nomi aniqlanadi.
Shubhasiz, Mbappe ertaga olqishlar bilan kutib olinadi. Bu uning PSJ libosida Chempionlar Ligasidagi so‘nggi o‘yini bo‘lishi mumkin.
Mbappening maqsadi 1 iyun kuni "Uembli" da Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan holda, jamoani yaxshi kayfiyatda tark etish.
- Ishonchim komilki, biz Parijda g‘alabani qo‘lga kiritib, finalga yo‘l olamiz, - dedi Mbappe OAVga bergan intervyusida.
Fikrlar