"Dreyklashayotgan" Neymar yoxud tanqidlarga munosib bo‘lgan yulduz

  • 30 mart, 2023, 23:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Neymar uchun mavsum ancha omadli boshlandi va futbolchi ko‘plab gollar urib, ajoyib sermahsullik namoyish etayotgandi. Hatto Braziliya bilan u Jahon chempionatida zafar quchgan taqdirda, nihoyat "Oltin to‘p"ga ega chiqishi aytilayotgandi. "Bu adolatdan bo‘lar edi", deya ko‘pchilik ta’kidladi ham. Biroq nega? O‘z ishiga hech qachon katta ma’suliyat bilan yondashmaydigan va professionalizmni qo‘pol tarzda buzuvchi xatti-harakatlarga ega futbolchi bu qismatga yuz foiz haqli. 

Shu yili braziliyalikni PSJning eng katta muammosi, deb atagan edim. Muxlislar Parij klubidagi o‘yinlari tufayli Leoni ham ko‘p tanqid qiladi. Biroq 35 yoshli Messi ham parijliklarning 31 yoshli "qariyasi"dan foydaliroq bo‘lib turibdi. 

Neymar atrofida yana bir ko‘ngilni xira qiluvchi voqea sodir bo‘ldi. Fevral oyi so‘nggida u to‘pig‘idan jarohat olib, mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi. Endilikda, braziliyalik hozirdan dam olish imkoniga ega. Braziliyalik vingerning mashg‘ulotlari ham rang-barang. Karnavallarning doimiy ishtirokchisi hamda tunggi klublarda vaqt o‘tkazishni hush ko‘ruvchi Neymar odatda qimor ham o‘ynab turadi. Bugungi kun ham shundan mustasno emasdi. U o‘z sarguzashtlarini kazinoda davom ettirdi. Qiziqarlisi, u o‘z ishtirokini jonli translyatsiya qildi. 

Omad doimgidek Neymar tomonda emasdi. 

Tecno

Futbolchi 1 million evro yo‘qotdi. Buning uchun atigi 2 soat kerak bo‘ldi, xolos. Uning bu pulni yo‘qotishga bo‘lgan reaktsiyasi ham efirda ko‘rsatildi. Avvaliga futbolchining ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi, ammo uning qayg‘usi uzoqqa cho‘zilmadi va o‘z omadsizligi uning kulgusiga sabab bo‘ldi. 





Neymarning pokerga bo‘lgan muhabbati haqida qisqacha 

JCh-2014 vaqtida braziliyalik pokerchilarni tomosha qiladi. Keyinchalik esa ulardan saboq olishni boshlaydi. 

Ney "PokerStars Vegas Preliminary" musobaqasida zafar quchdi va 2016 yilda jahonning birinchi poker musobaqasi "World Series"da qatnashish imkoniga ega bo‘ldi. Biroq xuddi shu sanalarda Olimpiada o‘tkazildi. Unda Neymar final uchrashuvida hal qiluvchi penaltini aniq amalga oshirdi va Braziyaliya terma jamoasi bilan ilk bor oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

2018 yilda u "BSOP" turnirida deyarli 300 ishtirokchi orasida oltinchi o‘rinni egalladi va 21 000 dollar qo‘lga kiritdi. 



Umuman olganda, Neymar uchun ushbu miqdordagi pulning yo‘qotilgani baxtsizlik yoki talofat emas. Sababi, uning bir haftalik maoshi aynan 1 million evroni tashkil qiladi. 

Shunday bo‘lsa-da, 31 yoshli futbolchining salbiy odatlari doimo unga qarshi ishlab kelgan va uni tanqid qilishga asos ham bor. PSJ xayrlashmoqchi bo‘layotgan yulduzlari ro‘yxatining eng yuqori qatoridan ham aynan braziliyalik iqtidor egasi o‘rin egallagan. Boshqacha bo‘lishi mumkinmi? O‘z ishiga bo‘lgan yomon yondashuv tufayli ko‘plab mavsumlarni omadsiz o‘tkazayotgan futbolchining har qanday jamoadagi o‘rni yo‘qolib boraveradi. Hatto u Neymar bo‘lsa ham. 

Qo‘shimchasiga, endi uning omadsizliklari nafaqat futbolda, balki, boshqa sevimli mashg‘ulotlarida ham davom etmoqda. 

                                                                                   

                                                                                                           Xudayqulov Karim tayyorladi 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!