"Dinamo" legionerning xizmatidan voz kechdi

  • 28 noyabr, 2023, 12:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro ligada muvaffaqiyatli qatnashib Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Samarqandning “Dinamo” klubi yangi mavsum uchun tarkibida o‘zgarishlar bo‘ladi. Jamoani kuchaytirish uchun selektsiya ishlari boshlangan va klubni tark etadigan o‘yinchilar ham bor.

Tecno

Jumladan, mavsum boshida “Dinamo” safiga qo‘shilgan yaponiyalik himoyachi Yudai Koike bilan do‘stona ravishda xayrlashildi. Bu haqida “Dinamo” bosh murabbiyi Vadim Abramov Sports.uz saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Yaponiyalik legioner “Dinamo” tarkibida pro ligada 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, 4 ta sariq kartochkasi bor. O‘zbekiston Kubogida esa u 6 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 1 ta assistni amalga oshirdi.

Endilikda 28 yoshli himoyachi faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi. U yana yurtimizda qoladimi yoki faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradimi, buni vaqt ko‘rsatadi.

"Doim futbol o‘ynab yurganlar futbolsiz yashashi qiyin, ko‘zlab qo‘ygan futbolchilarimiz bor" - Vadim Abramov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!