"Dinamo" ikki legioner bilan shartnoma imzoladi

  • 30 yanvar, 2021, 01:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Dinamo» jamoasi safida ikki nafar legioner futbolchi kelib qo‘shildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tecno

Bular ukrainalik Mixaylo Udod va Matvey Guyganovdir. 23 yoshli Udod Kievning «Dinamo» klubi tarbiyalanuvchisi sanalib, hujum chizig‘ida to‘p suradi.

26 yoshli Matvey Guyganov esa Donetsning «Shaxtyor» jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, markaziy himoya chizig‘ida to‘p suradi.

«Dinamo» klubi ushbu futbolchilar bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Ma’lumotnoma:

Matvey Guyganov

1994 yil 28 iyul kuni Ukrainaning Sevastopol shahrida tug‘ilgan.

Ampluasi: himoyachi

Donetskning «Shaxtyor» klubi tarbiyalanuvchisi

Futbolchilik faoliyati:

«Sevastopol» (Ukraina) – 2010-2014 yillar

«Mordoviya» (Rossiya) – 2014-2015 yillar

«Sevastopol» (Qrim) – 2010-2014 yillar

«Banants» (Armaniston) – 2017-2018 yillar

«Ararat» (Armaniston) – 2019 yil

«Palanga» (Litva) – 2019-2020 yillar.


Mixaylo Udod

1997 yil 17 iyul kuni Ukrainaning Aleksandriya shahrida tug‘ilgan.

Ampluasi: hujumchi

Kievning «Dinamo» klubi tarbiyalanuvchisi

Futbolchilik faoliyati:

«Dinamo» Kiev (Ukraina) – 2014-2015 yillar

«Vorskla» (Ukraina) – 2017 yil

«Avangard» (Ukraina) – 2018 yil

«Kremin» (Ukraina) – 2018 yil

«VPK-Agro» (Ukraina) – 2020 yil.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!