Dillion Denis: “Islom Maxachev menga tashlanib, boshimga etti marta zarba bergandi”
Yarim og‘ir vaznda MisFits chempioni Dillon Denis irlandiyalik do‘sti Konor Makgregor va rossiyalik Xabib Nurmagomedov to‘qnashuvida sodir bo‘lgan janjalni eslab o‘tdi. Denisning ta’kidlashicha, UFC sobiq chempioni Islom Maxachev jangdan keyin okatgon tashqarisiga sakrab tushgan va unga hujum qilib, boshiga bir necha marta musht tushirgan.
"O‘shanda Islom oktagondan sakrab chiqib, boshimga etti marta zarba bergandi. Shu bois endi qasos olishga ruxsat bering. Men Maxachev bilan jang qilmoqchiman. Garchi o‘sha voqea sabab millionlarni undirib olishim mumkin bo‘lsa-da, men hech qachon UFC ni sudga bermaganman", - deya Denisning so‘zlarini keltirdi "Red Corner MMA".
Eslatib o‘tamiz, Xabib "UFC 229" turnirida Konorni 4-raundda sabmishn orqali taslim etgandi.



Fikrlar