
Dibala “Yuventus“da qolishi mumkin. Agar...
“Yuventus“ futbolchisi Paulo Dibala jamoa bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Agar uning agenti Pauloni Turinda qolishga ko‘ndira olsa, “Yuve“ rahbariyati hujumchining maoshini oshirishga tayyor.
“Calciomercato“ nashrining xabar berishicha, argentinalik iste’dod sohibi mavsum yakunlangach, erkin agent sifatida “zebralar“ safini tark etmoqchi. U boshqa grand klublarda ham o‘z omadini sinab ko‘rishni istayapti.
Shunga qaramay, turinliklar etakchisini tekinga qo‘yib yubormoqchi emas. Ular futbolchi bilan har qanday shart evaziga amaldagi shartnomani uzaytirishga harakat qilyapti.
Ma’lumot o‘rnida, Paulo Dibala ushbu mavsum A Ceriyaning 20 uchrashuvida 7 gol va 5 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar