Dibala qo‘rqib qoldi

  • 4 sentabr, 2020, 14:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus”ning argentinalik hujumchisi Paulo Dibala klubdagi kelajagidan xavotirga tushib qoldi. Ronalduning hujumdagi sherigi jamoani Andera Pirlo qabul qilib olganidan keyin klub u bilan yangi shartnoma imzolamasligidan qo‘rqmoqda.

Tecno

Pirlo kelganidan keyin yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar sustlashib qoldi. Paulo Dibala klub bilan uzoq muddatli bitim tuzib, yiliga 15 million evro maosh talab qilayotgan edi. Turinliklarning hujumchiga taklifi 11 million evroda to‘xtadi.

O‘tgan mavsumda Dibala barcha turnirlarda 46 marta maydonga tushib, 17 ta gol urdi va sakkizta goli pas uzatdi. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!