Dembele uchun kurashga "Chelsi" ham qo‘shildi

  • 5 noyabr, 2019, 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" hujumchisi Mussa Dembele uchun APLning yana bir grand klubi kurashga qo‘shildi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli frantsiyalik futbolchini "Chelsi" ham o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlash kerakki, qishda “aristokratlar”dan FIFA tomonidan qo‘yilgan transfer ta’qiqi olib tashlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Dembele uchun shuningdek "Manchester Yunayted" va "Everton" ham kurash olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum “Lion” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 8 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!