Dembele uchun Evropaning 4 ta grand klubi kurash olib bormoqda

  • 7 iyun, 2019, 09:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" klubi forvardi Mussa Dembele mavsumlar oralig‘ida top jamoalardan biriga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Arsenal", "Barselona", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari jiddiy qiziqib qolishgan. Ular orasida MYu favorit deya e’tirof etilmoqda. “Qizil iblislar” uning transferi uchun frantsuz klubiga 40 mln evro taklif qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Dembele ortda qolgan mavsum “Lion” safida jami 46ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!