Davron Fayziev termamizdagi bahsli vaziyat, farzin Odil Ahmedov, maydonga tushishi aniq futbolchi va boshqalar haqida

  • 14 noyabr, 2019, 12:53
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvi oldidan O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev telegramdagi o‘zining sahifasida quyidagilarni yozib qoldirdi.

Tecno

- O‘yin kuni. Bugun ikki murabbiyning qanday reja qilayotgani juda qiziq. Chunki ikkala jamoa o‘zini favorit deb biladi. Saudiya oxirgi jahon chempionati qatnashchisi, ammo undan keyin murabbiylar shtabi almashib ketdi. Saudiyaning yarim tarkibi Osiyo chempionlar ligasi finali qatnashchilari. Lekin, ular tiklanishga ulgurishganmikin. Erve Renar o‘rtacha jamoalarni saralashlardan o‘tkazib mundialga olib borgan. Biroq bizning qit’a bilan hali yaqindan tanish emas, ochko yo‘qotyapti.

Bizda menimcha, taktika emas, tarkib ochiq masala. Chunki Abramov taktikasi avval ham ko‘rganmizki, kuchli raqib qarshisida o‘zgarib qolmagan. To‘p o‘zimizda bo‘lishi kerak. Xujum statistikamiz yaxshi bo‘ladi, katta extimol. Hamma gap vaziyatlardan foydalanishda.

Bahsli amplua - himoya. Shu joyida Abramov sir boy bermayapti. Faqat To‘xtaxo‘jaev pozitsiyasi nisbatan aniqroq. Qolganlar 100% emas. Odil Ahmedov farzindek universal, mabodo himoyada tushib qolsa ham boshqa funktsiyalari o‘zida qoladi, yongan joyga boradi. Maydon markazida ham variantlar bor. Tanlov oson emas. Shukurov, Qodirqulov, Aliboev, Iskanderov, ikkala Odil. Beshta futbolchi, uchtasini tanlash kerak. Eng muhim bo‘g‘in, mas’uliyat maksimal darajada. Xujum uchligi o‘zgarmasa kerak, kimligini bilasiz.

Yaxshi tomoni, muxlislar yana stadionga qaytishyapti, bugun tribunalar to‘lishi deyarli aniq. Fantastik atmosfera.

Shuni ham aytib o‘tishim kerak, jamoa ichida muhit yaxshi. Hamjixatlik bor. Buyam ko‘p narsani hal qiladi. Hammaga omadli kun! Hammamizga, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Muhammad Rahmatillaev
14/11/2019 13:04
Тоғни талқон қилмаган Абрамов шунга кўп мақтаманг уни мундиалга олиб чиқсин шунда хақиқий кучли мутахасис дейиш мумкин агар олиб чиқолмаса у қилган ишни хамма қилган.
Muhammad Rahmatillaev
14/11/2019 13:01
Абрамовни кучли жамоаларга қарши қандай тактикада ўйнашини хамма билади Австралия Ўзбекистон 6-0 кўрганмиз жаноб Абрамов хужумни яхши кўрасиз лекин эхтиёт бўлган яхши бир маротаба хассани йўқотгансиз.