Davron Fayziev: Bugun Eldor Shomurodov uchun muhim kun

  • 9 may, 2021, 12:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Italiya A Seriyasida 35-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi evrokuboklarda ishtirok etish uchun kurash olib borayotgan "Sassuolo"ni qabul qiladi.

Tecno

Mazkur bahs oldidan sharhlovchi Davron Fayziev o‘z "Telegram" kanalida o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:

Eldorni tushir, Ballardini.

Evropa top chempionatlaridagi o‘zbek futbolchisi Eldor Shomurodov uchun bugun muhim kun. Bilasiz, u ikkita o‘yindan beri gol urmoqda. Bugun "Jenoa" o‘z maydonida "Sassuolo" bilan o‘ynaydi. Davide Ballardini ko‘rayotgandir Eldor yonib turganini. Seriyada ketyapti. Asosiyda tushirsa kerak. "Jenoa" birinchi davrada Sassuologa 1:2 yutqazgan, Shomurodov yagona golni urgan.

"Jenoa" hali A Seriyada qolishni ta’minlagani yo‘q. Ochkolar zarur. Tan olish kerak, bugungi raqib kuchli. "Sassuolo" Evropa ligasi yo‘llanmasi uchun "Roma" bilan jang qilyapti. Daraja yuqoriroq. Ana shunday o‘yinlarda amalga oshirilgan assist yoki golning qiymati ancha baland bo‘ladi va Eldorning keyingi mavsumdagi faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Omad! 

Vaqti bizga qulay, 15:30, FUTBOLTV jonli efirida sizni kutaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!