Davide Ballardini keyingi mavsum ham "Jenoa"da qoladimi? Murabbiyning o‘zi javob berdi

  • 25 aprel, 2021, 19:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa" bosh murabbiyi Davide Ballardini "Spetsiya"ga qarshi bellashuvdan so‘ng, jurnalistlarning kelgusi mavsumda ham jamoada bo‘lishi haqidagi savoliga javob berdi: 

Tecno

"Kelganimdan buyon klub oson yo‘lni bosib o‘tmadi. Ammo qiyinchiliklarga qaramay, oldinga intilishda davom etamiz. Men o‘zimdan oldin ishlab ketgan odamlarni tanqid qilmoqchi emasman. Bu holatni sizga qanday tushuntirib berish kerakligini ham bilmayman. 

Kelgusi mavsum haqida o‘ylamayapman. Sababi, "Jenoa" matematik jihatdan hali A Seriyada qolish masalasini naqd qilmadi. Biz bu maqsadga erishish uchun jiddiy kurash olib borishimiz lozim. Shundan so‘ng, bu kabi masalalar yuzasida bosh qotirishimiz mumkin bo‘ladi. 

5 ta o‘ta muhim o‘yin oldida turgan holda, kelgusi mavsum xususida gapirish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Barchasini vaqt ko‘rsatadi", - dedi Ballardini. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!