Dastin Pore faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

  • 26 may, 2024, 18:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore chempionlik unvonining amaldagi sohibi Islom Maxachev bilan jangidan keyin qo‘lqoplarini devorga osishini ta’kidladi.

Tecno

"Men uzoq vaqtdan beri MMA bilan shug‘ullanaman. Shu bois, avval chiqqan martaba zinapoyasiga qayta chiqmoqchi emasman. Men endi yaxshi ota va turmush o‘rtoq bo‘lmoqchiman. Ammo, istasam, chempionlik uchun yana kurasha olaman. Lekin men uchun Maxachevga qarshi jang so‘nggisi bo‘ladi va bunda men faoliyatimdan qoniqish hosil qilmoqchiman. Hayotga doim yorqin nazar bilan qarashga va UFC dagi 31 jangimdan so‘ng engil vazn toifasida chempion bo‘lishga harakat qilaman", - deya Porening so‘zlarini keltirgan Yaxoo  Sports.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik(30-8-1 N/C) va dog‘istonlik(25-1) 1 iyun kuni AQSh ning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 303" turnirining asosiy jangida to‘qnash kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!