
Darvozaga 44 ta zarba yo‘llagan “Humo” uchta gol urdi
Toshkentning “Humo“ klubi xokkey bo‘yicha Qozog‘iston muntazam chempionatining birinchi bosqich so‘nggi uchrashuvini g‘alaba bilan yakunladi.
Aniqrog‘i, poytaxtimiz klubi “Humo arena“ majmuasida Qozog‘istonning “Nomad“ jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchta gol urish uchun hamyurtlarimiz raqib darvozasiga 44 ta zarba berishiga to‘g‘ri keldi.
Shu tariqa, chempionatdagi ushbu g‘alabadan so‘ng “Humo“ ochkolarini 58 taga etkazib oldi va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda qoldi.
“Nomad“ esa 35 ochko bilan 8 pog‘onani egalladi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, har ikkala jamoa musobaqaning pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida: “Humo” va “Nomad” bugunga qadar jami 18 marotaba to‘qnash kelgan bo‘lib, ularning 11 tasida “Humo“, 7 tasida “Nomad“ zafar quchgan.
Fikrlar